Do‘kondagi janjalda IIB xodimini pichoqlab qo‘yishdi
16-noyabr kuni Toshkent tumani Keles shahrida yashovchi N.D. ismli ayol o‘zi ishlayotgan «Maximal-Market» do‘konida fuqaro B.A. bilan o‘zaro janjallashgan.
Janjal vaqtida do‘konga xarid uchun kirgan Toshkent tumani IIB xodimi leytenant S.M. ularni ajratmoqchi bo‘lganida fuqaro B.A. pichoq bilan xodimga jarohat yetkazgan.
O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, leytenant S.M.ga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. B.A. esa qo‘lga olingan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter