Dmitriy Medvedev O‘zbekistonga keldi (foto)
Rossiya Federatsiyasi Hukumati rahbari Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya 29-may kuni mamlakatimizga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Qisqa suhbatdan so‘ng Rossiya delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.
Rossiya Federatsiyasi Hukumati rahbari 30 may kuni Urganch shahrida Hukumat rahbarlari darajasidagi O‘zbekiston – Rossiya qo‘shma komissiyasining birinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Yig‘ilish yakunida qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Qo‘shma komissiya yig‘ilishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning yangi shakli bo‘lib, unga 2018 yil oktyabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga davlat tashrifi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan o‘tkazilgan oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida asos solingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter