Dima Qayum deputatlikka o‘z nomzodini qo‘ymoqchi
Ijtimoiy tarmoqlarda Dima Qayum nomi bilan tanilgan yakka tartibdagi tadbirkor va bloger Dilshodjon Boltoboyev deputatlikka o‘z nomzodini qo‘ymoqchi. Buning uchun u «O‘zLiDeP»ning Rishton tumani rahbariyatiga minnatdorlik bildirgan. Bu haqda u feysbukdagi sahifasida ma’lum qildi.
«Men shu kungacha bo‘layotgan o‘zgarishlarni kuzatayotgan edim, albatta, qaysidir ma’noda ishonardim. Lekin buning ichiga kirib bormagan edim. Mana, bugun anketamni, nomzodimni qo‘yganimdan so‘ng, bizdek oddiy odamlarga ham hozirgi kunda siyosat bobida imkoniyat yaratilganganligiga ishondim. Biz o‘zbek xalqi bag‘ri keng, sodda insonlar bo‘lganimiz uchun imkoniyatlar, ochilgan eshiklar oldida iymanib turganimizni sezdim. Xudo xohlasa, qulimdan kelganicha (katta, quruq va’dalar bermayman) xalq uchun xizmat qilaman. Anketamni qabul qilgan «O‘zLiDeP» Rishton tumani rahbarlariga katta rahmat!», deb yozadi Dima Qayum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter