Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputat Shavkat Mirziyoyevdan yordam so‘radi. Prezidentga uning taklifi ma’qul bo‘ldi

Deputat Shavkat Mirziyoyevdan yordam so‘radi. Prezidentga uning taklifi ma’qul bo‘ldi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yilning 15-16-noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi chog‘ida Mo‘ynoq tumanida ham bo‘lib, mahalliy aholi vakillari bilan uchrashgan hamda ularning fikr-mulohaza va takliflarini tinglagandi.

O‘zMTDP Mo‘ynoq tumani Kengashi raisi Jamila Urazbayevaning «Xabar.uz»ga xabar berishicha, uchrashuvda Mo‘ynoq tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, xalq deputatlari Mo‘ynoq tuman Kengashidagi O‘zMTDP guruhi rahbari Jamila Davletova tumanni malakali tibbiyot xodimlari va o‘qituvchilar bilan ta’minlash borasida Prezidentdan yordam so‘ragan.

Tumanda ishlayotgan tibbiyot xodimlarining to‘rtdan bir qismi pensiya yoshidagilardan iborat, yana salmoqli qismi boshqa tumanlardan qatnab ishlamoqda. Shunday bo‘lsa-da, tibbiyot muassasalarida yana 13 ta ish birligiga teng bo‘sh o‘rin bor. O‘qituvchilar orasida ham xuddi shunday holat. Shundan kelib chiqqin holda O‘zMTDP deputati 2019-yildan Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish uchun Mo‘ynoq tumani yoshlari uchun 25 ta o‘ringa kvota ajratish taklifini bildirdi.

Bu fikrlarni tinglagan Shavkat Mirziyoyev shu yerning o‘zida 25 ta emas, Mo‘ynoq tumani yoshlari uchun davlat granti asosida 25 ta tibbiyot, 25 ta pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha jami 50 ta kvota ajratishga hamda 2019-yildan emas, shu yilning 1-dekabr kunidan mo‘ynoqlik yoshlar ta’lim olishni boshlashi to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.

Shuningdek, boshqa tumanlardan qatnab ishlaydigan tibbiyot mutaxassislarini turarjoy bilan ta’minlash, markaziy shifoxona va sil kasalliklari shifoxonasiga bittadan avtoulov ajratish to‘g‘risidagi iltimos ham Prezident tashrifi doirasida ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring