Deputat safarbarlikda halok bo‘lganlarning qo‘mondonlarini «otib tashlash»ni taklif qildi
Davlat Dumasi deputati va Ulyanovsk viloyatining sobiq gubernatori Sergey Morozov safarbar etilganlarni old qatorlarda frontga jo‘natgan qo‘mondonlarni «otib tashlash»ni taklif qildi.
Deputat Chelyabinsk viloyatidan besh nafar zahirachining o‘limi haqidagi xabarga shunday munosabat bildirgan.
Sobiq gubernator so‘zlariga ko‘ra, safarbar qilinganlarni frontga jo‘natgan zobitlarning «harbiy unvon taqib yurishga ma’naviy huquqi yo‘q».
«Avvaliga safarbar etilgan yigitlar puxta tayyorgarlik ko‘rishi, shundan so‘ng ularni frontga emas, balki ozod etilgan hududlarga jo‘natilishi aytilgan edi. <...> Inson hayotiga shunday munosabatda bo‘lish mumkinmi?», deb yozgan Morozov.
Shuningdek, Davlat Dumasi mudofaa qo‘mitasi rahbari, general-polkovnik Andrey Kartapolov Rossiya Mudofaa vazirligini tanqidlarga javob bermayotganlikda ayblagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter