Deputat rus tilida qo‘yilayotgan qonun loyihalari haqida: «Ayrim muammolarga vaqt topmayapmiz»
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida OAV vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muloqotda jurnalistlar tomonidan «Regulation.gov.uz» sayti orqali jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilayotgan qonun hujjatlari loyihalarining aksariyati nega rus tilida ekani, davlat tilidagi varianti yo‘qligi, nega deputatlar shunga munosabat bildirmayotgani, tashabbus ko‘rsatmayotgani xususida savol berildi.
«Do‘stimizning e’tirozlari to‘g‘ri. Ayrim sohalardagi muammolarga vaqt topmayapmiz, — dedi deputat Islom Xushvaqtov. — Jurnalistlar bilan tez-tez uchrashib, ko‘proq muloqot qilishimiz, takliflar olib turishimiz kerak. Bu e’tirozlarni yozib oldik, buni tegishli qo‘mita raisi va Spikerga yetkazamiz».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter