Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dengiz toshbaqasining go‘shtidan sakkiz bola va bir ayol vafot etdi

Dengiz toshbaqasining go‘shtidan sakkiz bola va bir  ayol vafot etdi

Har bir yangi yegulik, taom zavq keltirmaydi, ayniqsa ba’zi ekzotik taomlar halokatli bo‘lishi mumkin.

Masalan, yaqinda Pemba orolida (Tanzaniya) fojia yuz berdi. Toshbaqa go‘shtini tanovvul qilgan sakkiz bola va bir ayol vafot etdi, yana 78 kishi kasalxonaga yotqizildi.

Xelonitoksizm – bu oziq-ovqatdan zaharlanishning juda kam uchraydigan turi, ammo o‘limga olib kelishi mumkin. Misol uchun, hatto toshbaqani iste’mol qilgan onaning suti bilan oziqlangan chaqaloq ham undan o‘lishi mumkin. Bundan tashqari, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, dengiz toshbaqalarining barcha a’zolari potensial toksikdir. Ehtimol, kelajakda halokatli fojialar takrorlanmasligi uchun bunday yangilik, lazzatlardan voz kechish yaxshiroq.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring