Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dekabr oyining 1-14 kunlarida 5 ta quduqlarni ishga qo‘shish natijasida kunlik tabiiy gaz qazib chiqarish 1,3 million kub metr oshirildi - «O‘zbekneftgaz»:

Dekabr oyining 1-14 kunlarida 5 ta quduqlarni ishga qo‘shish natijasida kunlik tabiiy gaz qazib chiqarish 1,3 million kub metr oshirildi - «O‘zbekneftgaz»:

«O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan Respublika aholisi va iqtisodiyot tarmoqlariga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar olib borilmoqda.

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida konlar va ishlab chiqarish ob’yektlarida havoning keskin sovib ketishi oqibatida yuzaga kelgan qiyinchiliklarga qaramasdan yangi quduqlarni burg‘ilash, mavjud quduqlarni kapital ta’mirlash, shuningdek texnologik ob’yektlarni ishga tushirish bo‘yicha tezkor tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu maqsadlarda 2022 yilning 1-14 dekabr kunlari «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan 4 ta yangi quduqlar burg‘ilash ishlaridan va yana 1 ta quduq mukammal ta’mirlashdan ishga tushirilishi natijasida kunlik gaz qazib chiqarish 1,3 mln.kub metrga oshirildi.

Jumladan, Muborak regionidagi «Yangi Alat» konidagi 2 va 3-sonli quduqlarni ishga tushirish natijasida kunlik 600 ming kub metr, Ustyurt regionidagi «Quyi Sharqiy Berdax» konidagi  4-,10 hamda «Quyi Surgil» konidagi 21-sonli quduqlarni ishga qo‘shish natijasida esa kunlik 700 ming kub metr hajmda tabiiy gaz qazib chiqarishga erishildi.

Ma’lumot uchun: 2022 yilda yangi ochilgan «Yangi Alat» koni Buxoro viloyatining Olot tumanida joylashgan. Ushbu koni Respublika mustaqilligining 31 yillik bayrami arafasida ochilgan. «Quyi Sharqiy Berdax» va «Quyi Surgil» konlari 2021 yilda ochilgan va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida joylashgan.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring