Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davr Bank yangi mobil ilova «Davr Mobile 2.0»ni taqdim etadi

Davr Bank yangi mobil ilova «Davr Mobile 2.0»ni taqdim etadi

Bizning yangi ilovamiz, foydalanuvchilarimizning bank tajribasini qulaylik va xavfsizlik jihatidan yangi darajaga ko‘tarish uchun yaratilgan.

Yangi ilova nima uchun ishlab chiqildi?

Mijozlarimiz qoldirgan sharhlariga quloq tutib, tushundikki, Davr Mobile yangilanishga muhtoj. Shu sababdan, foydalanuvchilar uchun yanada osonroq, ko‘proq funksiyalarni taklif qiladigan va maksimal darajada xavfsizlikni ta’minlaydigan ilova yaratishga qaror qildik.

Davr Mobile 2.0 ilovasi nimalarga qodir?

Davr Mobile 2.0 ilovasi to‘liq bank xizmatlarini smartfoningizda taklif etadi.

Yangi, yangilangan funksional va dizayn:

  • Hisoblarni boshqarish qulay: Balansni, hisobotlarni va tranzaksiyalar tarixini real vaqt rejimida kuzatib boring. Har oyning oxirida pullaringiz qayerga ketayotganini aniq bilib borishingiz uchun hisobotlarni PDF formatida shakllantiring.
Davr Bankning mobil ilovasi Davr Mobile 2.0
  • Tezkor va oddiy o‘tkazmalar: O‘z hisoblaringiz o‘rtasida, boshqa Davr Bank mijozlariga hamda O‘zbekistonning boshqa banklariga ham pul o‘tkazmalarini amalga oshiring.
  • To‘lovlarni qiyinchiliklarsiz to‘lash: Kommunal xizmatlar, telefon hisoblari va boshqa to‘lovlarni uydan chiqmasdan amalga oshiring.
  • Yuqori xavfsizlik: Bizning ilovamiz sizning pullaringiz va shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun eng zamonaviy xavfsizlik choralari, jumladan biometrik autentifikatsiya va ikki omilli avtorizatsiyadan foydalanadi.
  • Mikroqarzlar, kreditlar va omonatlar, bularning barchasini Davr Mobile 2.0 ilovasida rasmiylashtirishingiz va omonatdagi daromadlaringizni kuzatib borishingiz mumkin.
Davr Bankning mobil ilovasi Davr Mobile 2.0

Xodimlarning xulosalari:

«Davr Mobile 2.0 — bu IT jamoasining bir necha oylik tinimsiz mehnatining natijasidir», — deydi, Davr Bank marketing bo‘limi boshlig‘i, An Aleksandr. — «Biz ishonamizki, mijozlarimiz yangi ilovaning qulayligi va funksionalligiga o‘zlari baho berishadi. Sababi, bu ilovaga mijozlarning sarmoyasini va shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish maqsadida innovatsion xavfsizlik texnologiyalari joriy etilgan.

Biz zarur funksiyalarga tez va oson kirishni ta’minlash maqsadida interfeysni soddalashtirdik va bank bo‘limini mobil ilovamizga «ko‘chirib o‘tkazish»ga harakat qildik».

Davr Mobile 2.0 ilovasining taqdimoti

Davr Mobile 2.0 taqdimoti o‘tkazilayotgan Mir Luxe Plaza mehmonxonasining anjumanlar zali

DAVR BANK mobil bankingni qulaylik, xavfsizlik va innovatsiyalarni yangi darajasiga ko‘taruvchi Davr Mobile 2.0 yangi mobil ilovasining taqdimotini o‘tkazdi.

Taqdimotda nimalar bo‘lib o‘tdi

Avvalo, Davr Mobile 2.0 yangi mobil ilovasini ishlab chiqishdagi asosiy maqsad oshkor etildi.

Bank boshqaruv raisining o‘rinbosari Nazarov S.S.

Bank boshqaruv raisining o‘rinbosari Nazarov S.S., moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish uchun raqamlashtirishning ahamiyatini ta’kidlab, tabrik so‘zi bilan chiqish qildi.

Bank boshqaruv raisining o‘rinbosari Nazarov S.S. va Mobil ilovalarni ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i Shohrux Kamolovich

Shohrux Kamolovich Davr Mobile 2.0 ilovasining maqsadlari va qadriyatlari haqida so‘zlab berdi. U ilovaning zamonaviy foydalanuvchilar uchun noodatiy va bevosita zaruratga aylantira oladigan asosiy xususiyatlarini yoritib berdi.

Bank boshqaruv raisining o‘rinbosari Nazarov S.S. Davr Bankdagi yangiliklar va raqamlashtirish sohasidagi yutuqlar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, bank o‘z mijozlariga qulay va zamonaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha doimiy harakatda ekanligini ta’kidladi.

Rasmiy taqdimot tugagandan so‘ng, mehmonlar taqdimotda tavsiflangan ilova funksiyalarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish va interaktiv infokiosklar orqali ilova bilan o‘zaro ta’sir qilish, shuningdek ilovani ishlab chiqqan mutaxassislar va bank xodimlaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Marketing bo‘limi boshlig‘i Aleksandr A.L., Bank boshqaruv raisining o‘rinbosari Nazarov S.S., Bank kengashi a’zosi Mirzayatov M.M., Mobil ilovalarni ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i Shohrux Kamolovich va Katta IT loyihalar menejeri Ilhom Xasanov

«Yangi mobil ilovani ishga tushirish – bu bankimizning dinamik rivojlanayotgan tarixidagi muhim qadam bo‘lib, yangiliklarga intilishimiz va raqamli liderlikka erishish yo‘limizdagi yangi bosqichdir». 
© Nazarov Samarjon Siddiqovich

Ilovani qayerdan yuklab olish mumkin:

Davr Mobile 2.0 ilovasini App Store yoki Google Playdan yuklab oling:

Davr Bank mijozlarga innovatsion va qulay moliyaviy xizmatlar taqdim etishga intiladi. Umid qilamizki, Davr Mobile 2.0 kutilganidan ham yaxshiroq va moliya boshqaruvi avvalgidan ham osonroq bo‘ladi.

Bog‘lanish uchun: 1284

Instagram: https://www.instagram.com/davrbankuz

Telegram: https://t.me/davrbankuz

Facebook: https://www.facebook.com/davrbankuz/

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring