Davletov: «Agar odamlar xar xil sabablar bilan ko‘chaga intilsa, karantin samarasi past bo‘ladi»
2020-yil 30-mart kuni Respublika maxsus komissiyasining maxsus ruxsatnoma berish bo‘yicha qarori qabul qilindi.
Qaror bilan nimalar belgilandi? Bunga adliya vaziri Ruslanbek Davletov javob berdi.
«Avtotransport qatnovini cheklash bu bugungi sharoitda respublikada koronavirusni tarqalib ketishini oldini olishga qaratilgan juda keskin chora, bunday chorani bugungi kundagi sharoit taqozo etmoqda.
Albatta noqulaylik tug‘diradi, lekin bu eng maqbul va samarali yo‘ldir. Shuning uchun barchamiz yangi talablarga moslashishimiz zarur, ishlab chiqaruvchilar ham, tadbirkorlar ham.
Shaxsiy hayot va huquqlar va jamiyat, millat manfaatlarini taroziga solinadigan bo‘lsa ham bu yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ushbu sharoitda jamiyat manfaatlari va kelajagi har doim birinchi o‘rinda turadi.
Maqsad avtotransportlarni cheklash emas, maqsad aholini uyda qolishini ta’minlash. Agar har xil yo‘llar bilan, o‘ylab topilgan sabablar bilan yana ko‘chaga intilsa hurmatli haydovchilar, unda bu karantin samarasi juda past bo‘ladi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter