«Davlatdan pul oling…» — Firibgarlar yana tuzoq qo‘yishdi
«Facebook» ijtimoiy tarmog‘i hamda «Telegram» messenjeri orqali turli kanal va guruhlarda takroran yolg‘on xabar tarqatildi.
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti» ko‘rinishidan foydalanib tarqatilayotgan «Davlatdan pul oling, 18 yoshga to‘lgan har bir fuqaroga pensiya (ijtimoiy nafaqa) bir martali to‘lov to‘g‘risida bir ovozdan qaror qabul qilindi» mazmunidagi xabarlar kelsa, aslo ularga ishonmang, deyiladi Kiberxavfsizlik markazi ogohlantirishida.
Firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmang, o‘zingiz va yaqinlaringizni asrang.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter