Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat xizmatlari bo‘yicha ma’muriy reglamentlar tasdiqlandi

Davlat xizmatlari bo‘yicha ma’muriy reglamentlar tasdiqlandi

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

«Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida» Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan quyidagi ma’muriy reglamentlar tasdiqlandi:

Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarga oldindan rozilik berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish;

Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga doir bitimlarga oldindan rozilik berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish.

Mazkur ma’muriy reglamentlarga ko‘ra, ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga (DXM) borgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali murojaat etadi.

Tegishli so‘rovnoma vakolatli organ (Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari)ga yuboriladi.

So‘rovnomani ko‘rib chiqish uchun BHMning 10 baravari (2 230 000 so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

Yagona portal orqali murojaat etilganda ushbu summaning 90 foizi ( 2 007 000 so‘m) undiriladi.

Qarorga ko‘ra, YaIDXPda ushbu davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibi joriy etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring