Davlat xaridlaridagi qonun buzilishida Andijon viloyati yetakchilik qilmoqda

AOKAda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda davlat xaridlari sohasida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari e’lon qilindi.
Agentlik tomonidan joriy yilning iyun-iyul oylarida o‘tkazilgan monitoring tadbirlarida Respublika bo‘yicha budjet buyurtmachilari tomonidan qiymati 141 mlrd. so‘mlik 458 ta tanlovda «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi va «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunlarning talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
- Andijon viloyatida 34,4 mlrd. so‘mlik (104 ta);
- Toshkent shahrida 19,5 mlrd. so‘mlik (51 ta);
- Toshkent viloyatida 13,9 mlrd. so‘mlik (50 ta);
- Surxondaryo viloyatida 13,8 mlrd. so‘mlik (43 ta);
- Samarqand viloyatida 12,8 mlrd so‘mlik (50 ta);
- Qashqadaryo viloyatida 12,5 mlrd. so‘mlik (41 ta);
- Jizzax viloyatida 8,3 mlrd. so‘mlik (20 ta);
- Buxoro viloyatida 7,3 mlrd. so‘mlik (33 ta);
- Xorazm viloyatida 5,3 mlrd. so‘mlik (18 ta);
- Navoiy viloyatida 5,2 mlrd. so‘mlik (16 ta);
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3,4 mlrd. so‘mlik (11 ta);
- Namangan viloyatida 2,6 mlrd. so‘mlik (11 ta)
- Farg‘ona viloyatida 2,0 mlrd. so‘mlik (10 ta) tanlovlar bo‘yicha davlat xaridlariga oid qonunchilik talablari buzilganligi ma’lum bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter