Davlat test markazi direktorining yangi o‘rinbosari tanishtirildi
Bugun, 17-sentyabr kuni Davlat test markazida umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, lavozimga yangi tayinlangan Sherzod Botirov, DTM rahbariyati va jamoasi qatnashdi, deb xabar bermoqda DTM matbuot xizmati.
Unda Aziz Abduhakimov joriy yilda o‘tkazilgan test sinovlarining tashkiliy-mazmuniy shakllari, yutuq va kamchiliklari, takomillashtirish tamoyillari, faoliyatni yuqori saviya va salohiyat asosida tashkil etishda imkoniyat darajalari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirgan.
Yig‘ilishda Davlat test markazi direktoriga yana bir o‘rinbosar tayinlanganligi e’lon qilindi va tayinlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining qarori o‘qib eshittirildi va ushbu lavozimiga tayinlangan Sherzod Botirov jamoaga tanishtirildi.
Sh.N.Botirov o‘z chiqishida jamoa bilan test sinovlarini yanada yuqori saviyada o‘tkazish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sohani rivojlantirish yo‘lida bor kuch va imkoniyatini sarflashini bildirgan.
O‘z navbatida, rahbariyatning yangi a’zosi boshqarma va bo‘limlar bilan tanishib chiqqan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter