Davlat soliq qo‘mitasiga rais tayinlandi
Bugun, 11-may kuni Botir Rahmatovich Parpiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisligidan ketib, yangi vazifaga tayinlangani haqida xabar bergan edik.
«Xabar.uz» manbasining xabariga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Musayev Behzod Anvarovich qo‘mita raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Bosh vazir Abdulla Aripov, Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov bugun jamoaga uni rasman tanishtirgan.
Eslatib o‘tamiz, Behzod Musayev 2018-yilning 12-mart kuni O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter