Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat ijtimoiy buyurtmalari uchun tanlov e’lon qilindi

Davlat ijtimoiy buyurtmalari uchun tanlov e’lon qilindi

Foto: «Turkiston - press»

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi 2018-yilda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishga davlat ijtimoiy buyurtmalarini taqdim etish uchun tanlov e’lon qiladi.

NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni talab qiluvchi davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, davlat ijtimoiy buyurtmasining maqsad va vazifalari

Davlat buyurtmachisi

mablag‘

(mln. so‘m

I. Aholining ehtiyojmand qatlamlari, ayniqsa nogironligi bo‘lgan yoshlarni sog‘lig‘ini reabilitatsiya qilish shart-sharoitlarini yanada yaxshilashga ko‘maklashish

1.                 

Ustuvor yo‘nalish: aholining salomatligini saqlash va yaxshilash, sog‘lom avlodni tarbiyalash uchun sharoitni shakllantirish, profilaktik sog‘liqni saqlashni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini keng ommalashtirishni ta’minlovchi davlat siyosatini amalga oshirish.

Maqsad: bolaliqdan nogironlikning oldini olishga, tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlashga, kam ta’minlangan oilalarda tug‘ma yurak xastaligi bilan tug‘ilgan bolalarni (nogiron bo‘lgan bolalarni) davolashga ko‘maklashish.

Vazifalar:

- fertil yoshdagi ayollar homiladorligini muayyan davrida irsiy hamda tug‘ma xastaliklarning qondagi biokimyoviy markerlarini aniqlash, nogironligi bo‘lgan bolalarni dunyoga kelishiga erta tashxis qo‘yish va profilaktika ishlarini tashkillashtirish;

- tug‘ma va irsiy kasalliklarning oldini olish hamda profilaktikasiga doir 4 xil ko‘rgazmali axborot materiallarini tayyorlash;

- kam ta’minlangan oilalardagi ayollarda perenatal va neonatal tekshiruvlar o‘tkazish uchun hududiy skrining-markazlarini reaktivlar hamda sarflanadigan materiallar bilan ta’minlashga ko‘maklashish;

- kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarning bemor bolalariga insonparvarlik yordami sifatida tug‘ma yurak xastaligini bartaraf etish maqsadida jarrohlik amaliyotini o‘tkazish;

- jarrohlik jarayonlariga oksigenatorlar, dori-darmonlar hamda sarflanadigan boshqa materiallarni insonparvarlik yordami sifatida taqdim etish;

- tug‘ma yurak xastaligidan aziyat chekayotgan bolalar muammosiga jamoatchilik e’tiborini qaratish. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi

1000,0

2.                 

Ustuvor yo‘nalish: ilk yoshidan 3 yoshgacha bo‘lgan psixofizik rivojlanishida kamchiliklarga  ega bolalarga tibbiy, psixologik va pedagogik yordamni tashkil etish, nogironligi bo‘lgan bolalardagi rivojlanishdan orqada qolishni oldini olish va reabilitatsiyasini olib borish.

Maqsad: tibbiy pedagogik yordamga muhtoj bolalar uchun ilk yordam xizmatlarini (IYoH)  ilg‘or tajribasini poliklinikalarda joriy qilinishiga ko‘maklashish, Toshkent shahridagi ko‘p tarmoqli davolash muassasalarining tajribasini viloyat va tumanlarda ommalashtirish.

Vazifalar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarining keng tarmoqli poliklinikalarida Ilk yordam xizmatlarini tashkil etish;

- keng tarmoqli poliklinikalarda imkoniyati cheklangan bolalarga maxsus xizmatlar ko‘rsatuvchi xonalarni moslamalar bilan jihozlashga ko‘maklashish;

- tibbiy pedagogik yordamga muhtoj yosh bolalarni ilk yoshdan o‘z vaqtida (tug‘ilganidan) qamrab olish;

- imkoniyati cheklangan, rivojlanishida muammolarga ega bolalarga va oilalariga ilk yordam tibbiy pedagogik yordam va maslahatlar berish tizimini shakllantirish, ularning ta’lim olishlari uchun amaliy yordam ko‘rsatish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

200,0

3.                 

Ustuvor yo‘nalish: tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar sog‘lig‘i muhofazasini ta’minlash, diagnostika, perinatal hamda skrining markazlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlash.

Maqsad: irsiy, tug‘ma, ortirrilgan asab kasalliklari, jismoniy imkoniyati chegaralangan, nogironligi bo‘lgan bolalar sog‘lig‘ini gidrokinezoterapiya (suvdagi jismoniy tarbiya) orqali ularning jismoniy faolligini, o‘sishi va umumiy rivojlanishini tiklashga shart-sharoit yaratish, zamonaviy gidrokinezoterapiya davolash usullarini keng tadbiq etish.

Vazifalar: Namangan, Farg‘ona, Andijon viloyatlaridagi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Farg‘ona mintaqaviy filialida hisobda turgan nogironligi bo‘lgan  boalarni suv bilan davolash, sog‘lig‘ini tiklash uchun suv terapiyasi mashg‘ulotlari  bilan qamrab olish;

- basseynni ishga tushirish, isitish, suvni tozalash va suvni tayyorlash tizimlarini kapital rekonstruksiya qilish, zamovnaviy aero va gidromassaj moslamalari bilan boyitish;

- davolovchi fizkultura instruktorlarini gidrokinezoterapiyani “sanpin” talablariga muvofiq qo‘llash bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarni oshirish;

- bolalarni basseynda gidrokinezoterapiya orqali sog‘lomlashtirish masalari bo‘yicha axborot resurslarini tashkil etish va ulardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish.

Farg‘ona viloyati hokimligi

500,0

4.                 

Ustuvor yo‘nalish: mintaqalarda tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishni ta’minlash, tashxis, perinatal, reabilitatsion va skrining markazlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash.

Maqsad: imkoniyati cheklangan bolalar, oilalar reabilitatsiyasi va moslashuvi, ularning jismoniy faolligi, o‘sishi hamda umumiy rivojlanishini fitnes terapiya (davolovchi jismoniy tarbiya) yordamida tiklash tizimini takomillashtirish.

VazifalarRespublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Samarqand mintaqaviy filiali hududida fitnes terapiya zalini tashkil qilish;

- fitnes terapiya zalini zarur zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash;

- Samarqand viloyatidagi bolalar, mehribonlik, muruvvat internat-uylarida tarbiyalanuvchi imkoniyati cheklangan, jismoniy va aqliy rivojlanishida kamchiliklari bo‘lgan bolalarni reabilitatsiya qilish shart-sharoitlarini yanada yaxshilash;

- Samarqand, Navoiy, Jizzax viloyatlarida nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni kuchaytirish;

- Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Samarqand mintaqaviy filialini avtotransport bilan ta’minlash.

Samarqand viloyat hokimligi

200,0

II. Jamiyatda huquqiy va ekologik madaniyatni, aholining fuqaro muhofazasi sohasida bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirishda davlat organlari bilan hamkorlikni kuchaytirish

5.                 

Ustuvor yo‘nalish: aholining huquqiy ongi, huquqiy madaniyatini oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan davlat organi, jamoat birlashmalarining huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasidagi faoliyatini samarali muvofiqlashtirishni amalga oshirish.

Maqsad: jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishda, fuqarolarga huquqiy xizmat ko‘rsatishda, ularning huquqiy ongini oshirishda, notariat, FXDYo organlari bilan ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash.

Vazifalar:aholining huuqiy ongi, huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida NNTlari, davlat notariuslari, FXDYo organlari bilan 19 ta tumanda davra suhbatlari, seminarlar tashkil etish;

mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholiga bepul ko‘rsatish 19 ta huquqiy maslahatxonalar tashkil etish;

notariat va FXDYo organlari faoliyatiga taaluqli 5000 ta tarqatma materiallar, bukletlar tayyorlash hamda aholiga tarqatish.

Adliya vazirligi

150,0

6.                 

Ustuvor yo‘nalish: Nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlarining kasbiy bilim va huquqiy madaniyatini oshirish.

Maqsad: nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari, xodimlari va faollarining huquqiy bilim va kasbiy ko‘nikmalarini yanada yuksaltirishga ko‘maklashish.

Vazifalar: nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlarini huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida 13 ta seminarlar tashkil etish;

- moliya, buxgalteriya hisob kitoblarini yuritish, grantlar, fandrayzing hamda moliyaviy  ahvolini yaxshilash  borasida mahorat darslarini o‘tkazish;

- NNT rivojlantirishga aloqador qonunosti hujjatlar va faoliyatiga  oid 2000 ta axborot tarqatma materiallari, 2000 ta bukletlar tayyorlash va chop etish

Adliya vazirligi

50,0

7.                 

Ustuvor yo‘nalish: mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiyalash jarayonlarida ommaviy axborot vositalarining sud-huquq sohasidagi islohotlarni yoritishdagi rolini oshirish.

Maqsad: mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarini yanada kengaytirish.

Vazifalarjismoniy va yuridik shaxslarni sud organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash;

- fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamoatchilik bilan aloqalarini kengaytirish, sohadagi islohotlardan keng jamoatchilikni xabardor qilish;

- sud-huquq islohotlarida davlat organlarining faoliyatini ochiqligi va oshkoraligini  ta’minlashda mustaqil ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;

- sud-huquq islohotlarini amalga oshirilishi, huquq targ‘ibot organlari ustidan jamoatchilik nazoratini yuksaltirish, yoshlarda huqubuzarliklarga nisbatan murosasizlik  tuyg‘usini shakllantirish.

Adliya vazirligi

70,0

8.                 

Ustuvor yo‘nalish: Ommaviy axborot vositalari faoliyatini rivojlantirish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan nashrlarning chop etilishi bo‘yicha maqsadli dasturlarni tayyorlash, ommaviy axborot vositalari uchun media bozorda teng sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Maqsad: Harakatlar strategiyasiga oid Davlat dasturlarini nodavlat OAVlarida yoritilishini ta’minlash, OAVlarning demokratik islohotlardagi ishtirokini faollashtirish, ularning rolini yanada kuchaytirish, qabul qilinayotgan qonunlar uning tashkiliy va huquqiy asoslarini rivojlantirish yo‘lida qabul qilinayotgan qaror va farmonlar mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish.

VazifalarHarakatlar strategiyasini beshta yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlarni tub mohiyatiga bag‘ishlangan materiallarning badiiy saviyasini, mazmundorligini yuksaltirishni qo‘llab-quvvatlash;

- Harakatlar strategiyasini keng yoritilishiga qaratilgan “Harkatlar strategiyasi –ommaviy axborot vositalari nigohida” tanlovini o‘tkazish;

- nodavlat OAVlarining Harakatlar strategiyasi maqsadlarini keng jamoatchilikka  yetkazishda faol ishtirok etishini rag‘batlantirish.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi

140,0

9.                 

Ustuvor yo‘nalish: tabiat to‘g‘risidagi bilimlarni targ‘ib qilishni va ommalashtirishni tashkil etish, ekologik ta’lim saviyasini oshirishga ko‘maklashish.

Maqsad: Buxoro viloyati “Jayron” ekomarkazi bazasida ekologik tarbiya, targ‘ibot va bilimlarni rivojlantirishga ko‘maklashish.

Vazifalar: Prejeval otlarini, jayron, qulonlarni saqlash uchun o‘ralgan maydonchani va tashrif markazini ta’mirlash;

- ekologik ta’lim saviyasini oshirish, interaktiv ekobilim dasturlarini ishlab chiqish;

- ekomarkazni maxsus adabiyotlar bilan to‘ldirish, ekomarkaz haqida turli bukletlar va tarqatma materiallar chop etish.

Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

140,0

10.            

Ustuvor yo‘nalish: fuqaro muhofazasi tuzilmalarini qutqaruv asbob-anjomlari va vositalari bilan ta’minlashga ko‘maklashish.

Maqsad: “favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bartaraf etish sohasidagi tadbirlar tashkil etish  va amalga oshirish, aholi xavfsizligini, atrof tabiiy muhitini muhofaza  qilishni, iqtisodiyotga  zararni kamaytirishni ta’minlash.

Vazifalar: aholi o‘rtasida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha seminarlar o‘tkazish, joylarda favqulodda vaziyatlarga yaqinlashtirilgan immitatsion tadbirlar o‘tkazish;

- favqulotda vaziyatlar sodir bo‘lganda “aholining harakatlari” mavzusidagi eslatmalar ishlab chiqish va tarqatish;

- favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish uchun eng zarur tovarlar omborlari va zahiralari tizimini tashkil etishga ko‘maklashish;

- aholiga dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish, zarar ko‘rganlarga g‘amxo‘rlik qilishga o‘qitish, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tayyorlash, sanitariya postlarini tashkil etish.

Favqulotda vaziyatlar vazirligi

150,0

III. Millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, yaqin qo‘shnichilikni, teng huquqli va o‘zaro manfaatli xalqaro aloqalarni mustahkamlashga amaliy yordam ko‘rsatish

11.           

Ustuvor yo‘nalish: NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish, jamiyatda millatlararo totuvlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash.

Maqsad: Xorazm viloyatidagi NNTlar hamda milliy madaniy markazlarning samarali faoliyat olib borishi, o‘zaro tajriba almashishi va hamkorlik qilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

Vazifalar:

 “NNTlar va do‘stlik uyi” binosini ta’mirlash ishlarini  yakuniga yetkazish;

- “NNTlar va do‘stlik uyi” bazasida seminar-treninglar, konferensiyalar o‘tkazish uchun sharoitlar yaratish, zarur texnik vositalari bilan jihozlash;

- hududlarning dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar vazifalarini hal etishga qaratilgan seminarlarni tashkil etish va o‘tkazish;

- NNTlar hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga uslubiy maslahat va ko‘mak ko‘rsatish, o‘zaro tajriba almashish tizimini yaxshilash.

Xorazm viloyat hokimligi

 

400,0

Jami

 

3000,0

Ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan loyihani amalga oshirishda davlat ijtimoiy buyurtmasining shartlari:

- ijrochi-tashkilot belgilangan tartibda NNT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi zarur;

- davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish doirasida amalga oshiradigan faoliyatning ijrochi-tashkilotning ustavidagi vazifalarga muvofiqligi;

- ijrochi-tashkilotda loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy, kadrlar va texnik imkoniyatning mavjudligi;

- ijrochi-tashkilotda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar va dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi tajribaning mavjudligi;

- loyihani amalga oshirish haqidagi shartnomani sifatli va o‘z vaqtida bajarish, uni amalga oshirish vaqtida ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, amaldagi qonun hujjatalariga to‘liq rioya etish.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi berilishi uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

  1. Ariza taqdim etayotgan NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutining rahbari imzosi va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
  2. fundngo.uz saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihasi uchun ariza;
  3. Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
  4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;
  5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi taqdim etiladi.

Hujjatlar 2018-yil 15-martdan 20-aprelgacha qabul qilinadi. Taqdim etilgan muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va natijalari e’lon qilinadi.

Hujjatlar «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi» nomiga «O‘zbekiston pochtasi» orqali muhrlangan konvertda (A4 format) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100163, Toshkent shahri Islom Karimov ko‘chasi, 43-uy.

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin. Ma’lumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring