Davlat dasturiga 413 ta qishloq va mahalla kiritildi
Prezidentning «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini 2022-2026-yillarda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror loyihasi muhokamaga joylashtirildi.
Loyihada keltirilishicha, 2022-2026yillarda davlat dasturiga 2 043 ta qishloq va mahalla tanlab olinishi rejalashtirilgan. 2022 yil esa dasturga 413 ta, xususan 323 ta qishloq, 90 ta mahalla kiritildi.
Qayd etilishicha, joriy yilda dasturga kiritilgan hududlarning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlarini moliyalashtirishga 5 294 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
Shuningdek, 2022-2026 yillar belgilangan hududlarda 5 276 km, jumladan 2022 yilda 1 319 km optik tolali aloqa tarmoqlarini qurish ishlari amalga oshiriladi.
Qaror loyihasi 2022 yilning 26 yanvariga qadar ochiq.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter