Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dauletmurat Tajimuratov hibsxona xodimlariga e’tiroz bildirdi

Dauletmurat Tajimuratov hibsxona xodimlariga e’tiroz bildirdi

Nukus shahrida 2022 yil 1-2 iyul kunlari ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblangan 22 nafar shaxsga nisbatan Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida jinoyat ishi apellyasiya tartibida ko‘rib chiqilmoqda. Shu bois, 22 nafar ayblanuvchidan qamoq ehtiyot chorasi tanlanganlari  Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 1-son Tergov hibsxonada saqlanmoqda.

Joriy yilning 6 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va uning huzuridagi jamoatchilik guruhlari vakillari tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 1-son Tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirilgan.

Monitoring tashrifi davomida ushbu ayblanuvchilar saqlanayotgan kameralarga, xususan Dauletmurat Tajimuratov saqlanayotgan kameraga ham tashrif buyurilgan. Ular bilan jamoaviy va yakka tartibda holi tarzda suhbatlar o‘tkazilgan. Unda hibsxonadagi saqlash sharoitlari va oziq-ovqat ta’minotidan e’tirozlari yo‘qligini ma’lum qilishgan.

Dauletmurat Tajimuratov ham advokati va himoyachisi bilan uchrashuvlarga ruxsat berilayotganligini aytgan. Biroq hibsxona xodimlari unga huquq va majburiyatlarini yetarli darajada tushuntirishmaganliklari, shu bois hibsxona xodimlariga nisbatan ayrim e’tirozlarini bildirib o‘tgan.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra va ko‘zdan kechirilgan hujjatlarga asosan Dauletmurat Tajimuratov 1-son Tergov hibsxonasiga olib kelinganidan so‘ng tashrif kuniga qadar himoyachisi, ya’ni ukasi Renat Tajimuratov bilan 7 marotaba va advokati Sergey Mayorov bilan 2 marotaba holi tarzda uchrashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring