Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dasturlashni bepul o‘rganmoqchimisiz? Inha universitetida onlayn-trening o‘tkaziladi

Dasturlashni bepul o‘rganmoqchimisiz? Inha universitetida onlayn-trening o‘tkaziladi

Foto: Inha universiteti matbuot xizmati

Dunyodagi eng yirik maxsus dasturiy ta’minotlar ishlab chiqaruvchisi hisoblangan EPAM kompaniyasi Toshkentdagi Inha universiteti bilan hamkorlikda «JavaScript»dan foydalangan holda veb-ilovalarni yaratish uchun zamonaviy yondoshuvlar, texnologiyalar va vositalarga bag‘ishlangan bepul onlayn-trening o‘tkazadi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Veb-dasturlar, dasturiy ilovalar va IT-mahsulotlar yaratishga qiziquvchi yoshlar, fuqarolar mazkur treningda ishtirok etib, dasturiy mahsulotlar tayyorlashni o‘zlashtirishlari mumkin.

Inha universitetida o‘tkaziladigan onlayn treninglar 10 haftaga mo‘ljallangan bo‘lib, dasturiy murakkab tenglamalar va ularni yechish borasida 12 ta amaliy mashg‘ulotlar, xorijiy mutaxassislarning master-klasslarini o‘z ichiga olgan.

O‘quv kurslari yakunida har bir ishtirokchining o‘zlashtirish ko‘satkichlari yuzasidan suhbatlar tashkil etiladi. Sohaga qiziquvchilar 15-fevralgacha onlayn tarzda  ushbu elektron manzil orqali ro‘yxatdan o‘tish yuzasidan ariza topshirishlari mumkin.

Shu o‘rinda Toshkent shahridagi Inha universitetining EPAM Systems  (eng yirik global dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchi) kompaniyasi bilan muvaffaqiyatli hamkorlik aloqalari o‘rnatilganini ta’kidlash o‘rinli. Ushbu kompaniya bilan hamkorlikda Epam Insider yo‘nalishida xalqaro IT-konferenwilar o‘tkazish, shu orqali Inha universiteti iqtidorli talabalaridan trenerlar tayyorlash ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring