Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dastlabki sinov poyezdi O‘zbekiston hududi orqali yo‘lga chiqdi

Dastlabki sinov poyezdi O‘zbekiston hududi orqali yo‘lga chiqdi

«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston-Afg‘oniston» multimodal yo‘lagini rivojlantirish maqsadida «Qashg‘ar – O‘sh – Andijon – G‘alaba – Hayraton» yangi tranzit yo‘nalishi bo‘ylab konteyner poyezdini sinov tariqasida ishga tushirish boshlandi.

Ayni paytda mazkur yo‘nalish bo‘yicha 12 dona 40 futlik konteynerdan iborat birinchi poyezd O‘zbekiston hududi orqali yo‘lga chiqmoqda.

«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Afg‘oniston» yangi multimodal yo‘lagi bo‘ylab yuk tashish Qashg‘ar (Xitoy) temir yo‘l stansiyasidan O‘sh (Qirg‘iziston) temir yo‘l stansiyasiga avtomobil orqali, so‘ngra «Mozori Sharif» (Afg‘oniston) stansiyasigacha O‘zbekiston hududidan temir yo‘l orqali amalga oshiriladi.

Poyezd so‘nggi manziliga temir yo‘l orqali ikki kundan keyin yetib borishi rejalashtirilgan.

Darvoqe, O‘zbekiston mamlakatimiz hududi orqali tashishda 70 foizlik chegirma taqdim etgan. Boshqa ishtirokchi davlatlar tomonidan 50 foizgacha bo‘lgan tarif imtiyozlari taqdim etildi.

Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu multimodal yo‘nalish bo‘yicha pilot loyihaning barcha nyuanslari ishlab chiqilgandan so‘ng, birgina Afg‘oniston yo‘nalishidagi yuk aylanmasi yiliga 4 mingdan ortiq konteynerni tashkil qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring