Daryodan suzib maktab qatnagan qizni viloyat hokimi rag‘batlantirdi
Sirdaryodan qayiqda suzib o‘tgan o‘quvchi qiz voqeasi (video) ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Qayd etilishicha, holatga viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev e’tibor qaratgan.
Viloyat rahbari Guliston tumani Sohilobod mahallasidagi 15-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, videoda aks etgan holat ishtirokchisi, asli Toshkent viloyati Bekobod tumani Yangi hayot mahallasida yashovchi Zamira To‘ychiyevaning onasi bilan suhbatda bo‘ldi.
«Avvalo, qizingizni jasoratini ko‘rib qoyil qoldim. Ilmga chanqoqligi shundoqqina ko‘rinib turipdi. Chuqur ta’lim olishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha yordamni ko‘rsatamiz!», — dedi viloyat hokimi.
Shuningdek, Zamira To‘ychiyevaga o‘qishda foydalanishi uchun noutbuk, kitoblar jamlanmasi hamda yangi yil sovg‘alari tortiq etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter