«Darxon»da sodir bo‘lgan janjal sababi ma’lum qilindi
2-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta shaxslarning o‘zaro janjali aks etgan videotasvir tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qildi.
2020-yilning 1-avgust kuni «Darxon» mahallasida istiqomat qiluvchi 35 yoshli A.Marina Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unga, singlisi va ukasiga tan jarohati yetkazgan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mojaroning boshlanishiga 39 yoshli F.Akmal tomonidan ko‘chada o‘ynayotgan bolalarga, shu jumladan arizachining 12 yoshli qiziga shovqin qilmaslik yuzasidan berilgan tanbehi sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng qizning katta yoshdagi qarindoshlari va F.Akmalning qarindoshlari o‘rtasida o‘zaro janjal boshlanib, voqea tan jarohati yetkazish bilan yakunlangan.
Makur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB 2-sonli IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruvi harakatlari olib borilmoqda. Janjalning har bir ishtirokchisi qilmishiga huquqiy baho beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter