Darslar to‘liq an’anaviy tarzda boshlanadi
Xalq ta’limi vazirligi 6 sentyabrdan darslar to‘liq an’anaviy tarzda boshlanishini ma’lum qildi.
Faqat quyidagi holatlar bolani vaqtincha ta’lim jarayoniga masofadan jalb etilishiga sabab bo‘lishi mumkin:
1.O‘zi yoki oila a’zolaridan biri COVID bo‘lib vaqtincha davolanishda bo‘lgan o‘quvchilar uchun;
2. O‘quv yili davomida o‘qituvchi yoki o‘quvchilar orasida COVID aniqlanib, vaqtinchalik karantinga olingan sinf yoki maktablar uchun;
3. Vaqtincha boshqa joyda o‘qishni davom ettirish imkoniyati bo‘lmagan maktablarning o‘quvchilari onlayn ta’lim olishlari mumkin.
Bunday o‘quvchilar uchun parallel ravishda darslar MTRK telekanallari orqali «Onlayn maktab» loyihasi doirasida berib boriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter