Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daniya uyg‘urlarga bosim o‘tkazayotgan Xitoyni qoraladi

Daniya uyg‘urlarga bosim o‘tkazayotgan Xitoyni qoraladi

Foto: «REX» AA

Daniya 11 iyul kuni 21 davlat bilan birga BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasiga rasmiy xat yo‘lladi. Unda Xitoy hukumati Shinjon hududida yashovchi musulmonlar — uyg‘urlarga nisbatan olib borayotgan siyosat qoralanadi.

«Jyllands-Posten» («Yullands-Posten») gazetasi yozishicha, bu sa’y-harakatlar zamirida Xitoy hukumati milliondan ortiq uyg‘urlarni «qayta tarbiyalash» lagerlarida majburlab ushlab turgani haqidagi xabarlar yotibdi.

Xatda ta’kidlanishicha, XXR Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zosi sifatida inson huquqlarini himoyalashning yuqori standartlarini ilgari surish va qo‘llab-quvvatlash majburiyatini olgan. Ushbu rasmiy nomaga Daniyadan tashqari, Kanada, Avstraliya, Shveysariya, shuningdek, Yevropa ittifoqining aksariyat mamlakatlari vakillari imzo chekishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring