Daniel Riolo: «Messi 2021-yil yozida «PSJ»ga o‘tadi»

Kataloniyaning «Barselona» klubi sardori Lionel Messi 2021-yil yozida Fransiyaning «PSJ» klubi safiga o‘tishi ehtimoli haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
«Messi 2021-yil yozida «PSJ»ga o‘tadi. Bu hazil emas», — deya ta’kidladi «RMC Sport» radiostansiyasi jurnalisti Daniel Riolo.
🗣💬 "Messi sera au PSG l’année prochaine. Je suis très sérieux. Messi sera au PSG l’année prochaine"
— RMC Sport (@RMCsport) December 3, 2020
🔵🔴 Daniel Riolo l’affirme, Messi va rejoindre Neymar à Paris la saison prochaine#RMCEuropa pic.twitter.com/FF3NZ4ZfEV
Argentinalik 33 yoshli futbol yulduzining «Barselona» bilan shartnomasi muddati kelgusi yil yozida nihoyasiga yetadi. Messi avgust oyida, jamoa rahbariyati bilan nizo sababli, «Barselona»ni tark etishga urinib ko‘rgandi. Keyinchalik esa jamoa bilan munosabatlari sudgacha yetib borishini istamasligi hamda oilasi Kataloniyada qolish niyatida ekanini ma’lum qilib, ahdidan qaytgandi. 27-oktyabrda klub prezidenti Xosep Bartomeu iste’foga chiqdi.
Messiga xaridorlar navbatida parijliklardan tashqari, Angliyaning «Chelsi» va «Manchester Siti» klublari ham bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter