Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Damas»i bilan inspektorni bosib ketgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

«Damas»i bilan inspektorni bosib ketgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda «Damas» avtomashinasi yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimini bosib ketganligi haqida videotasvir tarqalgan edi.

Aniqlanishicha, 31-yanvar, chorshanba kuni soat 16:35larda Qashqadaryo viloyati Kitob tumani hududidan o‘tuvchi «Kitob-Shahrisabz» avtomobil yo‘lining 3-kilometrida viloyat IIB JXX YHXB YPX xodimi N.Musinov davlat raqam belgisi bo‘lmagan «Damas» avtomobili haydovchisining me’yoriy hujjatlarini tekshirish maqsadida «to‘xtash» ishorasini bergan vaqtda, haydovchi to‘xtamasdan transport vositasini xodimning ustiga boshqarib yuborgan.

Atrofda bo‘lgan fuqarolar yordamida avtomobil ostidan olib chiqilgan YPX xodimi N.Musinov shifoxonaga olib borilgan. Kitob tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan berilgan dastlabki ma’lumotga ko‘ra, N.Musinovda «boshi, yuzi, qo‘li va oyoqlarida shilingan, qirilgan jarohatlar» borligi ma’lum qilingan.

Holat yuzasidan Kitob tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksning 266 (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring