Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlarida qanday ob-havo kutilmoqda?

Dam olish kunlarida qanday ob-havo kutilmoqda?

Foto:«Xabar.uz»

«O‘zgidromet» dam olish va yaqin kunlarida kutilayotgan ob-havo xususida ma’lumot berdi.

Bu yil aprel oyining o‘tgan davrida ob-havo anomaliyalari: O‘zbekiston uchun noodatiy aprel qori, haroratning sovib ketishi va kuchli yog‘inlar kuzatildi.

Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda ob-havo nihoyat bahoriy quyoshli bo‘ldi.

Yaqin kunlarda va keyingi haftaning birinchi yarmida ob-havo xuddi shunday bo‘lishi kutiladi.

Harorat bugun 20-22 daraja atrofida bo‘ladi, yakshanba kuniga esa iqlimiy normaga yaqinlashib, 23-25 darajagacha ko‘tariladi. Keyingi haftaning birinchi yarmida harorat yana ko‘tarilib, 26-27 darajagacha yetadi.

Eslatib o‘tamiz, eng issiq yillarda aprel oyining oxirgi o‘n kunligidagi harorat 32-34 darajagacha, mamlakatimiz 35-37 darajagacha yetgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring