Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlarida ayrim joylarda harorat 40 darajagacha ko‘tariladi

Dam olish kunlarida ayrim joylarda harorat 40 darajagacha ko‘tariladi

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zgidromet» dam olish kunlarida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

22-may kuni Eron hududidan O‘zbekistonning shimoliy va janubiy hududlariga quruq va iliq havo oqimi kirib keldi. Respublika bo‘yicha havoning ochiq bo‘lishi kutilmoqda. Termometr ustunchasi kunduz kuni 28-31 darajagacha ko‘tariladi.

Respublikaning shimoliy, cho‘l zonalari va janubida harorat bundan ham issiq, ya’ni 33-35 darajani tashkil etadi.

23-24-may kunlari O‘rta Osiyo hududi ustidagi janubiy oqimlar kuchayib, havo haroratining ko‘tarilishi davom etadi. Kechasi harorati 15-18 daraja, kunduzi 35-37 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l zonalarida esa 38-40 darajagacha ko‘tariladi. Bunday harorat o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 4-6 darajaga yuqori bo‘lib, eng issiq yillarda shu kunda kuzatilgan haroratga yaqin bo‘ladi.

Respublikaning shimoli va cho‘l zonalarida shamolning tezligi sekundiga 17-22 gacha kuchayadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring