Dam olish kunlari ham «Botanika bog‘i»da urush davriga oid ekspozitsiyalar aholi uchun ochiq bo‘ladi
Kecha, 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi «Botanika bog‘i»da tantanali bayram marosimi o‘tkazildi. Kun davomida bog‘ hududidan o‘rin olgan urush davriga oid harbiy texnikalar, qurol-aslaha hamda o‘sha davrni o‘zida ifodalagan ko‘rgazmalar namoyish etildi.
Respublika aholisiga qulaylik yaratish maqsadida bog‘ hududiga shanba va yakshanba kunlari (11—12-may) soat 10:00 dan bepul kirib-chiqish ta’minalanadi. Shu kunlarda bog‘ hududidan o‘rin olgan barcha ekspozitsiyalar to‘lig‘ligicha faoliyat ko‘rsatadi.
Hozirda bog‘da hamyurtlarimiz uchun Ikkinchi jahon urushi davriga oid «T-34a», «IS-2» tanklari, o‘ziyurar artilleriya qurilmalari, Shoahmad Shomahmudovning oilasiga bag‘ishlangan ekspozitsiya, urush yillarida faoliyat olib borgan qishloq kengashi binosi, zirhli va harbiy avtomobil namunalariva boshqa shu turdagi ko‘plab installyasiyalar o‘rin olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter