Dam olish kunlari ham juda issiq bo‘ladi
O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 26-28 iyul kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.
Qayd etilishicha, dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo kam bulutli va juda issiq bo‘ladi. Hududning katta qismida havo harorati kunduz kunlari 38-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 44-45 darajagacha isiydi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtimizda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10-12 m/s gacha kuchayadi.
Harorat kechalari 25-27 daraja, kunduz kunlari 39-42 daraja bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter