Dam olish kunlari havo yog‘ingarchiliksiz va iliq bo‘lishi kutilyapti

«O‘zgidromet» kelayotgan dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Dam olish kunlari butun mamlakat hududida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, kuchsiz shamol esadi. Faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlari tog‘li tumanlarida 2-3-oktyabrda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga o‘tishi mumkin.
3-oktyabrda ertalab va kechqurun tuman tushishi mumkin.
Harorat iqlimiy me’yorlarga yaqin bo‘lib, kechasi 5-10 daraja, kunduzi 22-25 daraja atrofida saqlanib turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter