Dam olish kunlarida iliq harorat saqlanib qoladimi? «O‘zgidromet» ma’lumot berdi
Respublika Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlarida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Bugun quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Xorazm viloyatida bulutlilik ko‘payishi hisobiga biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.
Harorat foni iqlimiy me’yordan 8-10 darajaga yuqori bo‘ladi va 15-20 daraja iliq, janubda 20-25 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Ertaga bulutli massiv janubi-sharq tomonga siljidi, tog‘ oldi tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Mamlakatimizning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yakshanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik ehtimoli kam. Dam olish kunlari harorat ko‘tarilishi davom etadi, kechalari 3-8 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda, kunduz kunlari esa havo 17-20 daraja iliqqacha, janubda 23-25 daraja iliqqacha isiydi. Dam olish kunlariga o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me’yordan 10-12 darajaga ko‘p bo‘ladi.
Dam olish kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter