Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Cybertruck «soxta devor»da imtihon qilindi (video)

Cybertruck «soxta devor»da imtihon qilindi (video)

Foto: Kyle Paul

Yutuber Kayl Pol Teslaning to‘liq avtopilot tizimi (FSD)ni sinovdan o‘tkazdi. Xo‘sh, u tizimni alday oldimi yoki bo‘lmasa mashina yo‘l deyilgan narsa aslida soxta devor ekanini topib taqqa to‘xtadimi? Videoda ko‘ramiz.

Tesla Model Y elektromobilining FSD tizimi eskiroq (12.5.4.2) va HW3 kompyuteri o‘rnatilgan versiyasi devorni payqamay, unga urilishiga sal qoldi.

FSD tizimi yangi (13.2.8) va yaxshilangan HW4 qurilma o‘rnatilgan Cybertruck esa imtihonda yaxshi o‘tdi: devorni vaqtida payqab to‘xtadi.

Bu shundan dalolatki, Teslaning to‘liq avtopilot tizimi, eskilariga nisbatan, yangi mashinalarida yaxshiroq ishlamoqda. Yuqoridagi kabi sinovlar juda muhim, chunki Teslaning maqsadi mashinalarini to‘liq avtopilotga o‘tkazishdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring