COVID-2019 pandemiyasiga qarshi kurash fondiga bir kunda 5 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ tushdi
Bu haqda AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda o‘tkazilgan brifingda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Doniyor Alimov ma’lum qildi.
«Avvalo shuni aytish kerakki, ushbu fond oldindan mavjud bo‘lib, mehr va shafqatga, e’tiborga muhtoj odamlarga, bemorlarga yordam berib kelayotgan edi. Shu yo‘l orqali ko‘plab yordamga muhtoj bemorlarning sog‘ayishiga, ularni yana hayotga qaytishiga hissa qo‘shildi.
Shunisi e’tiborliki, bir kunda ushbu fond hisob raqamiga 5 milliarddan oshiq mablag‘ kelib tushdi. Bu raqamning o‘zi xalqimizning bag‘ri kengligini, eng sinovli paytlarda bir-biriga suyanch, tayanch ekanligini ko‘rsatib bermoqda», – dedi Doniyor Alimov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumatiga COVID-2019 pandemiyasiga qarshi kurashda moddiy yordam berish maqsadida jamoat fondi tashkil etilgani ma’lum qilingandi.
Jamoat fondi rekvizitlari:
Manzil: 100027, Toshkent sh, Shayxontohur tumani, k. Furqat, 1-uy;
Telefon: 71-245-34-05, 71-245-34-47, 71-245-38-59;
Elektron manzil: [email protected];
Hisob-raqamlari:
- 20 212 000 4001 0173 4001 (so‘mdagi);
- 20 212 840 9001 0173 4001 (AQSh dollaridagi);
- 20 212 978 0001 0173 4001 (Yevrodagi);
Bank nomi: «Ipoteka-bank», Mehnat filial;
MFO: 00 423, INN: 200 897 248, OKONX: 98 600.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter