Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

COVID-19 tarqalishini sekinlashtirishga yordam bering!

COVID-19 tarqalishini sekinlashtirishga yordam bering!

2020-yil og‘ir global pandemiya yili sifatida tarixdan o‘rin egalladi. Ammo, umidbaxsh 2021-yilning kirib kelganiga bir necha kun o‘tganiga qaramay, dunyoning turli nuqtalarida hali hanuz koronavirusning og‘ir asoratlari davom etmoqda.

Xususan, Yevropaning qator mamlakatlarida karantin choralari qayta kuchaytirildi. Bu o‘z navbatida xushyorlikni yo‘qotmaslik, masofa saqlash va niqob taqishga qat’iy amal qilish zarurgini ko‘rsatmoqda.

cdc.gov niqoblar va niqob taqishning samaradorligi yuzasidan so‘nggi ma’lumotlarni e’lon qildi.

«Xabar.uz» ushbu maqolaning tarjimasini e’tiboringizga havola etadi.

Niqob taqish yuzasidan o‘zi nimalarni bilish kerak?

  • 2 yosh va undan katta odamlar jamoat joylarida va birga yashamaydigan odamlar orasida niqob kiyishlari lozim.
  • Niqob kiysangiz, o‘zingizni ham, boshqalarni ham himoya qilasiz. Unutmangki, niqoblarning ham bir martaligi samaralidir.
  • Niqob ijtimoiy masofaning o‘rnini bosa olmaydi. Biroq, oraliq masofa saqlagan taqdiringizda ham niqob taqishingiz kerak.
  • Kamida 20 soniya davomida sovun va suv bilan qo‘lingizni yuving. Shuningdek, niqobingizni ushlagach yoki uni olib tashlaganingizdan keyin antiseptik vositasidan albatta foydalaning.

Niqobingiz atrofdagilarni himoya qilishingizga yordam beradi

COVID-19 asosan odamdan odamga nafas olish tomchilari orqali tarqaladi. Siz yo‘talganda, gaplashganda, qichqirganda yoki qo‘shiq aytganda nafas olish tomchilari havoga chiqadi. Keyin bu tomchilar sizga yaqin bo‘lgan odamlarning og‘ziga, burunlariga tushishi yoki ular bu tomchilar bilan nafas olishi mumkin.

Niqoblar esa sizning nafas tomchilaringiz boshqalarga yetib borishining oldini olishga yordam beradigan oddiy to‘siqdir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, niqoblar burun va og‘iz ustiga kiyilganda tomchilar tarqalishini kamaytiradi.

Agar kasal bo‘lmasangiz ham niqob kiyishingiz lozim. Boisi COVID-19 hali alomatlarini ko‘rsatmayotganlar virusni boshqa odamlarga tashuvchi bo‘lishlari mumkin.

Kimlar niqob taqishi yoki taqmasligi kerak?

2 va undan katta yoshdagi har kim jamoat joylarida, shuningdek birga yashamaydigan odamlar orasida niqob taqishi zarur.

2 yoshdan kichik bolalar, nafas olishi qiyin bo‘lgan insonlar, hushini yo‘qotgan, muomalaga layoqatsiz yoki niqobni birovning yordamisiz olib tashlay olmaydigan kishilar niqob taqmasligi mumkin.

Niqob turlari

COVID-19 tarqalishi natijasida niqob turlari ancha ko‘paydi. Quyidagi rasmlarlarda niqoblarning tavsiya etiluvchi va tavsiya etilmaydiganlari haqida ma’lumot berilgan.

Ekshalasyon klapanlari yoki teshiklari bo‘lgan niqoblar

CDC ekshalasyon klapanlari yoki teshiklari bo‘lgan niqoblardan foydalanishni tavsiya etmaydi. Chunki bunday niqob koronavirusni boshqalarga tarqatishingiz uchun xalaqit bermasligi mumkin. Materialdagi teshik nafas tomchilaringizning boshqalarga yetib borishiga imkon beradi. Ushbu turdagi niqoblarning samaradorligi bo‘yicha tadqiqotlar davom etmoqda.

Jarrohlik maskalari va respiratorlari

Sog‘liqni saqlash xodimlari uchun mo‘ljallangan jarrohlik maskalari va respiratorlardan foydalanmang. Boisi, hozirgi vaqtda aksariyat davlatlarda ularning tanqisligi sezilmoqda. O‘z navbatida, ular birinchi navbatda sog‘liqni saqlash xodimlari va boshqa birlamchi tibbiy yordam uchun ajratilishi kerak bo‘lgan juda muhim vositalardir.

Yuzni himoya qilishning boshqa usullari

CDC niqoblar o‘rnini bosuvchi yuz pardalari yoki ko‘zoynaklaridan foydalanishni tavsiya etmaydi. Ayniqsa, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga yoki bolalarga plastik yuz qalqonini niqob sifatida taqmang.

Yuzni himoya qiluvchi ko‘zoynaklar, avvalambor, uni kiygan odamning ko‘zlarini himoya qilish uchun ishlatiladi. Ko‘zoynak burun va og‘izni yopmaydi. Yuz qalqonlari yuzning ostida va yonida katta bo‘shliqlarga ega, u orqali nafas tomchilari atrofingizdagi boshqa insonlarga yetib boradi.

Biroq ular kar yoki eshitish qobiliyati past bo‘lganlar bilan muloqotda bo‘lgan odamlarga muloqot paytida odatdagi niqoblardan qulay bo‘lishi mumkin.

Agar niqob o‘rniga yuz qalqonini kiyishingiz zarur bo‘lsa:

Yuzingizning yon tomonlarini o‘rab turadigan va iyagingiz ostiga cho‘zilgan yoki qalpoqli yuz qalqonini tanlang. Ushbu turdagi yuz qalqonlari nafas tomchilari tarqalishini oldini olishi haqidagi cheklangan ma’lumotlar mavjud.

Yuz qalqonini olib tashlaganingizdan keyin qo‘lingizni yuving. Uni olib tashlashda ko‘zingizga, burunga va og‘zingizga tegishdan saqlaning.

Qayta ishlatilishi mumkin bo‘lgan yuz pardalarini ishlab chiqaruvchining ko‘rsatmalariga binoan yoki yuzni himoya qilish uchun CDC ko‘rsatmalariga rioya qilgan holda tozalang va dezinfeksiya qiling. Agarda bir martalik yuz qalqonidan foydalansangiz, uni bir marta kiyib, ishlab chiqaruvchining ko‘rsatmalariga binoan tashlab yuboring.

Niqobdan foydalanish va karbonat angidrid

Niqob taqganingizda nafas olayotgan havodagi karbonat angidrid (CO2) darajasi ko‘tarilmaydi.

Umuman, niqob yuzga havo o‘tkazmaydigan qilib tayyorlanmaydi. Karbonat angidrid (CO2) nafas olayotganda yoki gaplashayotganda niqobining yon tomonlari va uning atrofidan butunlay havoga chiqib ketadi. CO2 har qanday niqob materialidan osonlikcha o‘tib ketadigan darajada kichikdir.

Aksincha, COVID-19 keltirib chiqaradigan asorat CO2 ga qaraganda ancha xavfli. Shuning uchun u to‘g‘ri ishlab chiqilgan va to‘g‘ri kiyilgan niqobdan osonlikcha o‘tib keta olmaydi.

Sovuq ob-havo

Sovuq havoda maskalar nafas olish, qor yoki boshqa yog‘ingarchilikdan nam bo‘lishi mumkin. Niqob namlanganda darhol uni o‘zgartiring. Ho‘l niqobda nafas olish qiyin. Qolaversa, u shamollashingizga ham sabab bo‘la oladi. Sovuq havo paytida almashtirish uchun bir nechta maskalar bo‘lishi juda muhimdir. Agar qayta ishlatiladigan niqobingiz namlanib qolsa, uni yuvguningizcha yopiq plastik idishga soling.

Nurillo To‘xtasinov tarjimasi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring