Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

COVID-19 ga qarshi emlanganlar orasida o‘lim holatlari izohlandi

COVID-19 ga qarshi emlanganlar orasida o‘lim holatlari izohlandi

Foto: «The Independent»

Buyuk Britaniyaning Sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi agentligi bosh shifokori-maslahatchisi Syuzan Xopkinsning VVCga ma’lum qilishicha, COVID-19 ga qarshi emlangan britaniyaliklar o‘limining asosiy sababi vaqt o‘tishi bilan vaksinalar samaradorligi pasayganligidir. Bu haqda «The Independent» nashri xabar bermoqda.

«Biz asosan emlanmagan aholi orasida o‘lim holatlarini qayd etishda davom etmoqdamiz, ammo emlangan guruhda immunitet pasayganligi sababli o‘lim ko‘paymoqda», – dedi mutaxassis.

Xopkinsning fikricha, koronavirusga qarshi vaksinalar ta’siri xavf ostida bo‘lganlarda – 70 yoshdan oshgan odamlarda va hamroh kasalligi bo‘lgan bemorlarda tezroq zaiflashmoqda.

«Agar 30 yoshli sog‘lom odam bo‘lsangiz, unda ikki doza sizni uzoqroq vaqt davomida himoya qiladi. Shuning uchun bunday odamlar imkon qadar tezroq uchinchi dozani olishlari kerak», – dedi shifokor.

Buyuk Britaniyada qayta emlash tezligi «juda yaxshi» bo‘lsa-da, Xopkinsning ta’kidlashicha, bu «asosiy» emlash kampaniyasidan sekinroq kechmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring