Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

COVID-19 bilan kasallangan birinchi italiyalikka qarshi ish yopildi

COVID-19 bilan kasallangan birinchi italiyalikka qarshi ish yopildi

Foto: «AP Photo / LaPresse / Francesco Militello Mirto»

Shimoliy Lodi shahri prokuraturasi Apennin orollarida COVID-19 yuqtirgan birinchi italiyalik bo‘lgan Mattia Maestriga qarshi tergovni tugatdi, deb xabar beradi payshanba kuni Ansa axborot agentligi.

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada «birinchi raqamli bemor» deb ataluvchi 39 yoshli Maestri koronavirus infeksiyasini tarqatishda ayblangan. Bir yarim yil oldin sud-tibbiyot organlari uning kasalligi bilan bog‘liq holatlarni tekshira boshlagan. Xususan, u Kodono shahridagi shifoxonaga yotqizilganida shifokorlarga odamlar bilan bo‘lgan oxirgi aloqalari haqida hamma narsani aytmagan, degan shubhalar bor edi. Biroq yakunda tergov bu odam hech qanday jinoyat qilmagan degan xulosaga keldi va bir kun avval uning ishi arxivga topshirildi.

Maestri 2020-yil 20-fevraldan 21-fevralga o‘tar kechasi yuqori isitma bilan Kodono shifoxonasiga yotqizilgan. Uning koronavirusga topshirgan testi shu zahoti musbat natija bergan. U uch hafta reanimatsiya bo‘limida yotgan. «Birinchi raqamli bemor»ning o‘zi ham o‘z hayoti uchun shifokorlarga qarzdor ekanligini bir necha bor ta’kidlagan, biroq u bilan sodir bo‘lgan voqeani abadiy unutishni istardi.

Aslida birinchi COVID-19 infeksiyasi Italiyada 2020-yil yanvar oyi oxirida Apennin orollarida gastrol safari bilan bo‘lgan xitoylik keksa er-xotinda aniqlangan. Xitoy fuqarolari zudlik bilan Rimdagi Lazzaro Spallanzani nomidagi Yuqumli kasalliklar milliy institutiga olib ketilib, u yerda to‘liq davolanish kursidan o‘tgan va aprel oyi oxirida shifoxonadan chiqarilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring