Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

COVID-19 bepushtlik keltirib chiqaradigan kasalliklar sirasiga kirmaydi — mutaxassis

COVID-19 bepushtlik keltirib chiqaradigan kasalliklar sirasiga kirmaydi — mutaxassis

Illyustrativ foto

AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.  Unda aholidan kelgan murojaat va savollarga javob qaytarildi.

Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganda ko‘z bilan bog‘liq kasalliklar ham kelib chiqadimi?

— Tadqiqotchi olimlarning aniqlashicha, kon’yunktivit, ya’ni ko‘z shilliq pardasining yallig‘lanishi koronavirus kasalligining belgilaridan biri bo‘lishi mumkin.

Italiyalik olimlar koronavirus burun shilliq qavatida aniqlangandan bir hafta o‘tib ko‘z shilliq qavatida ham uchrashini tadqiqotlarida ta’kidlashgan. Shuning uchun  koronavirus kasalligini davolayotgan shifokorlar nafaqat burun va og‘iz, balki ko‘zlarni ham himoya qilish borasida ham ogohlantiriladi.

Xitoy shifokorlarining tajribasida ham koronavirus bilan davolanayotgan bemorlarda 1 foiz holatda kon’yunktivit aniqlangan.

Ko‘p bolalar koronavirus kasalligidan vafot etayotgani rostmi?

— Respublikamizda koronavirusdan zararlangan va shu kasallikdan vafot etayotgan bemorlar yoshi, lavozimidan qat’i nazar shu kungacha aniq ma’lumotlar berilib kelinayapti.

Ko‘p yosh bolalar kasallanib o‘lib ketayotganligi haqidagi ma’lumotlar yolg‘on.

Buning ustiga ta’kidlash joizki, koronavirus kasalligi yosh bolalarda yengil o‘tadi va aksariyat hollarda jiddiy asoratlarsiz sog‘ayishadi.

Bolalar koronavirus bilan kasallansa, kelajakda salomatligiga ta’sir ko‘rsatishi, masalan bepushtlikka olib kelishi mumkinmi?

— Koronavirus kasalligi mutlaqo yangi kasallik bo‘lib, hali u haqida yetarli ma’lumotga ega emasmiz. Alohida bu borada ilmiy izlanishlar amalga oshirilmagan.

Qolaversa, kasallik yosh bolalarda juda yengil formada o‘tayapi, shuning uchun kelajakda biror  bir jiddiy asorat qoldirishi haqida bashorat qilish noto‘g‘ri bo‘ladi.

Fikrimizcha, COVID-19 kelajakda farzand ko‘rmaslik (bepushtlik) kabi holatlarni  keltirib chiqaradigan kasalliklar sirasiga kirmaydi.

Otamda surunkali qandli diabet kasalligi bor. Qayerga borsa Covid 19 bilan kasallanganlar yotibti deyishmoqda, davolanish uchun qayerga murojaat qilsak bo‘ladi?

— Dunyo miqyosida pandemiya boshlanganidan keyin respublikamizda ham karantin tufayli ko‘pgina shifoxonalar faoliyati (profili) o‘zgartirildi.

Otangizni davolatish uchun yashash joyingiz bo‘yicha poliklinikaga murojaat qilsangiz hozirda faoliyat ko‘rsatayotgan shifoxonalar to‘g‘risida aniq ma’lumot olishingiz mumkin.

Buning ustiga keyingi paytlarda profilini o‘zgartirgan muassasalar, birin-ketin qaytadan o‘zlarining avvalgi faoliyatini tiklamoqda.

Qo‘shni davlatlar bilan chegara qachon ochiladi?

— Bugungi kunda Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi  bilan birgalikda barcha turdagi xalqaro qatnovlarni  tiklash bo‘yicha  xorijiy mamlakatlar bilan  muzokaralar olib borilmoqda va qatnovlarni bosqichma-bosqich tiklash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring