Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Cotton Campaign»: O‘zbekiston paxtasiga qarshi boykot bekor qilinishi mumkin

«Cotton Campaign»: O‘zbekiston paxtasiga qarshi boykot bekor qilinishi mumkin

Foto:«Xconomy.com»

2019-yilning 4-fevral kuni Bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norboyeva boshchiligida Vashingtonga ishchi tashrifi bilan borgan delegatsiya O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlariga qarshi boykot tashabbuschisi «Cotton Campaign» xalqaro koalitsiyaning yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda huquqni muhofaza qilish tashkilotlari, ishlab chiqaruvchilar uyushmalari, riteylerlar va AQSh kasaba uyushma tuzilmalari vakillari ishtirok etdi.

«Cotton Campaign» tarixida ilk bor delegatsiya vakillarining ishtiroki O‘zbekiston hukumatining inson huquqlari sohasidagi eng nozik masalalar bo‘yicha dialog va konstruktiv hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligi sifatida baholangan.

Paxta kampaniyasining asoschisi Bennet Freeman uchrashuvni ochib, O‘zbekiston tarixiy ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirayotganini va mamlakatda tizimli majburiy mehnatni yo‘qotish borasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilayotganini ta’kidladi. «O‘zbekiston hukumati o‘n yilliklar davomida avj olgan majburiy mehnatni tugatish majburiyatini olgani bizni ruhlantiradi va biz hozirgi kunga qadar amalga oshirilmaydigan bu tarixiy vazifaning ko‘p jihatlariga e’tibor qaratmoqdamiz».

Yig‘ilish qatnashchilariga O‘zbekiston qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlar va majburiy mehnatning oldini olish va butunlay yo‘q qilish bo‘yicha amaliy choralar, fermerlarning ixtiyoriy mehnatini rag‘batlantirish va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratish, agrosanoat majmuini isloh qilish, agrosanoatni rivojlantirish va paxtachilik jarayonlarini mexanizatsiyalash bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, ular majburiy mehnatni oldini olish, bozorga asoslangan paxta ishlab chiqarish mexanizmlariga o‘tish va to‘qimachilik sanoatida standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha institutsional tizimni va ma’muriy mexanizmlarni kuchaytirish bo‘yicha rejalar alohida qayd etildi.

Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan qonunlar va hukumat qarorlarining hududiy darajada samarali tatbiq etilishi, paxta terimiga noqonuniy jalb qilish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro aloqalarni kuchaytirish va kasaba uyushma harakatlarini mustahkamlash masalalari alohida muhokama qilindi.

Munozara kun tartibidagi eng asosiy mavzulardan biri «paxta boykot»ini to‘xtatish masalasi edi.

Uchrashuvda to‘qimachilik tovarlari va brendlari bo‘yicha tegishli hartiyaning doimiy emasligi va u davomiy o‘zgarishlar dinamikasi va islohotlarida uning qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligi qayd etildi. Shu nuqtai nazardan koalitsiya vakillari 2019-yilgi paxta mavsumida o‘sishga erishishning muhimligini ta’kidladi.

Umuman olganda, «Cotton Campaign» vakillari maslahatlashuvlarni konstruktiv deb ta’riflagan va kelgusida ochiq muloqot va samarali hamkorlikning amaliyotini davom ettirilishiga umid bildirgan.

So‘nggi yillarda majburiy mehnatga qarshi O‘zbekistonda salmoqli ishlar qilindi. Hatto prezident Shavkat Mirziyoyev ham budjet tashkilotlarining paxta terimiga chiqarilmasligi haqida gapirgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring