Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Choyning COVID-19ga qarshi kurashish xususiyati aniqlandi

Choyning COVID-19ga qarshi kurashish xususiyati aniqlandi

Foto: «Twitter.com»

Yapon biologlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, choy barglari tarkibidagi uchuvchan birikmalar SARS-CoV-2 zarralarini zararsizlantirish xususiyatiga ega.

Chunki choy tarkibidagi katexinlar va boshqa moddalar koronavirus zarralarining faolligini susaytirishi, ularni zararsizlantirishi yoki sog‘lom hujayralarga kirib borish jarayonini sekinlashtirishi mumkin. Bunday xususiyatlarga qora choy ham, ko‘k choy ham birdek ega.

Nashrning ta’kidlashicha, choyning uchuvchan moddalari inson tanasida qanday harakat qilishi hozircha noma’lum. Buning ustiga, tadqiqot choy kompaniyalari tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lib, bu uning natijalariga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring