Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Chorvoq» tabiatini yaqindan his qiling (foto)

«Chorvoq» tabiatini yaqindan his qiling (foto)

Shaharning o‘ziga yarasha shovqini bor. Millionlab insonlar har kuni ishga, o‘qishga yoki o‘z yumushlari bilan qayergadir shoshilishadi. Tinimsiz harakatlanayotgan mashinalar, o‘z yo‘nalishida insonlarni tashiyotgan yashil avtobuslar, baland osmono‘par binolar hamda telefonda gaplashib ketayotgan insonlar…

Bularning barchasi jam bo‘lib, ko‘z oldimizda shaharni namoyon qiladi. Lekin ba’zan inson yam-yashil tabiat, musaffo osmon, baland tog‘lar bag‘ridagi zilol suvlarni istaydi. Xalqimiz yoz keldi deguncha, dam olish uchun xuddi shunday maskanlarga oilaviy va do‘stlar bilan dam olish uchun sayohatga otlanadi. Shunday nuqtalardan biri – bu shubhasiz «Chorvoq» suv omboridir.

«Xabar.uz» ayni yoz faslida siz uchun «Chorvoq» suv omborining tabiati, go‘zalligini yanada yaqindan his qilishingiz uchun foto reportaj taqdim qiladi.

Javohir Aliqulov

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring