«Chorvoq Darvozasi» – shahar tashqarisidagi hayot haqidagi tasavvuringizni o‘zgartiradi!

O‘zbekiston Milliy Banki hamda Dream City Development hamkorligida «Chorvoq Darvozasi» turar-joy majmuasining sotuvi boshlanganini e’lon qilindi. Ushbu loyiha Chorvoq tog‘larida yashash va investitsiya kiritish uchun eng yirik va jozibali joylardan biriga aylandi.
Loyiha allaqachon qurib bitkazilgan va yashash uchun tayyor. U rivojlanish sohasidagi yetakchi mutaxassislarning ilg‘or tajriba va ishlanmalarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, har bir bosqichda innovatsion yechimlar va yuqori sifat standartlari qo‘llanilgan.
«Chorvoq Darvozasi» majmuasi ekologik toza hududda, go‘zal tog‘ manzaralari bilan o‘ralgan joyda joylashgan. Bu yerda havo va tabiat o‘z holicha saqlangan. Majmuada sayr uchun maxsus zonalar ajratilgan bo‘lib, ular aholiga tabiat bilan uyg‘unlikda yashash va tog‘ havosidan bahramand bo‘lish imkonini beradi.
7 aprel kunidan boshlab siz «Chorvoq Darvozasi» turar joy majmuasida uy egasiga aylanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Loyiha ekologik toza hudud, yuqori sifatli qurilish, qulay rejalashtirilgan uylar va puxta o‘ylangan infratuzilmani o‘zida birlashtiradi. Bir xonali qulay kvartiralardan boshlab besh xonali keng uylargacha bo‘lgan turli variantlar taqdim etiladi, bu esa har bir oila uchun mos tanlov qilish imkonini beradi.
Majmua hududida do‘konlar, kafe, katta bolalar maydonchasi, akvapark va xalqaro darajadagi mehmonxona joylashadi. Bu esa qulay yashash va hordiq chiqarish uchun barcha sharoitlarni yaratadi. Bundan tashqari, bu yerda KFC, Costa Coffee, Krispy Kreme va Feed Up kabi yirik xalqaro brendlar ham faoliyat yuritadi va aholi hamda mehmonlarga keng tanlovli dam olish va ovqatlanish maskanlarini taklif etadi.
Sizning qulayligingiz uchun foydali shartlar – 24 oygacha muddatli to‘lov, shuningdek, yillik 18 foiz bilan 15 yilgacha ipoteka mavjud. Chorvoq tog‘larining qulaylik va ekologik go‘zalligini o‘zida mujassam etgan ushbu noyob majmuadan uy sotib olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.
«Chorvoq Darvozasi» sizning shahar tashqarisidagi hayot haqidagi tasavvuringizni o‘zgartiradi va yashash, dam olish hamda biznes uchun yangi ufqlarni ochadi!
Sotuv ofisning manzili: Furqat ko‘chasi, «Tashkent City» xalqaro ishbilarmonlik markazi (XIM), 1-blok, Toshkent, O‘zbekiston.
Instagram: https://www.instagram.com/dreamcity.uz?igsh=aHIxYzhvaDBrcGtr
Veb-sayt: www.dreamcity.uz
+998 71 202 22 22
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter