Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Chorsu» bozorining bank hisob raqamlari muzlatildi

«Chorsu» bozorining bank hisob raqamlari muzlatildi

Foto: «novotours.uz»

Shayhontohur tumani MIB xodimlari «Chorsu» bozorining («Eski Juva dehqon bozori» AJ) elektr energiyadan 2 milliard so‘mdan ortiq qarzdorligi borligini aniqladi. Bu haqda MIBning poytaxtdagi bo‘limi ma’lumotiga tayanib «Repost» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, «Chorsu» bozori 4 yil davomida elektr energiyadan noqonuniy ravishda foydalanib, davlatga katta miqdorda ziyon keltirgan. MIB xodimlari tomonidan JKning 185-moddasi II va IV qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ayni paytda, «Chorsu» bozoriga tegishli bo‘lgan bank hisob raqamlari muzlatilgan. Hisob raqamidagi qoldiq summa — 172 mln so‘m davlat hisobiga o‘tkazilgan. Bundan tashqari, MIB xodimlari tomonidan qarzdorning qiymati 11 mrld so‘m bo‘lgan mol-mulki xatlangan.

Ma’lum qilinishicha, «Eski Juva dehqon bozori» qarzdorligi qoplanmagan taqdirda, 1,5 mlrd so‘m qiymatdagi mol-mulk davlat foydasiga musodara qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring