«Chorsu» bozorida tadbirkor yigit ayol kishiga qo‘l ko‘tardi
2017-yil 29-dekabrda Shayxontohur tuman ichki ishlar boshqarmasiga «Eski juva» dehqon bozorida sodir etilgan jinoyat ishi bo‘yicha xabar kelib tushgan.
Aniqlanishicha, 1971-yilda tug‘ilgan keleslik tadbirkor A.I. hamda bozor rastalarining birida savdo qilayotgan 1977 -yilda tug‘ilgan ayol Sh.I. o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik katta janjalga aylangan. Natijada tadbirkor yigit savdogar ayolga qo‘l ko‘tarishgacha borgan hamda unga tan jarohati yetkazgan.
Sud tibbiy ekspertizaning xulosasida fuqaroga bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, peshona, ikkala ko‘z sohalari qontalashlari, peshona sohasi, o‘ng ko‘krak sohalari yumshoq to‘qimalari lat yeyishi, o‘ng qo‘l 2-3 barmoq tirnoq plastinalari ko‘chishi kabi yengil tan jarohati yetkazilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter