Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Cho‘qqida adashgan» doktor Myasnikov: «Rossiyada koronavirus pasayishi bir oyga surildi

«Cho‘qqida adashgan» doktor Myasnikov: «Rossiyada koronavirus pasayishi bir oyga surildi

Foto: «Russia.tv»

Doktor Aleksandr Myasnikov Rossiyada koronavirus eng yuqori cho‘qqisiga chiqishi haqidagi taxminini o‘zgartirdi. Avvalgi xomcho‘tida u kasallik eng yuqori cho‘qqisiga aprel oyi oxirida ko‘tariladi, degandi. Ammo tezkor shtabga kelib tushayotgan ma’lumotlar Rossiya uchun jiddiy sinovlar hali oldinda ekanini ko‘rsatyapti.

«Men «cho‘qqida» adashdim. Biz tepaga ko‘tarilyapmiz, ketaveramiz, ketaveramiz, ketaveramiz, cho‘qqi va keyin pastga. Bunga ikki-uch oy ketadi. Bu hol, men bashorat qilgan paytda emas, deyarli bir oy keyin boshlandi», — dedi Rossiyada koronavirus tarqalishi bo‘yicha tezkor axborot berish shtabi vakili Aleksandr Myasnikov «O samom glavnom» YouTube-kanalidagi chiqishida.

Rossiyada may oyigacha koronavirusni yuqtirgan yangi bemorlar aniqlanaveradi, dedi u. Xuddi shu oyda, kunlik kasallanishlar soni tenglashib qolganida, Rossiyada koronavirus epidemiyasi o‘z cho‘qqisiga chiqadi.

«May oyi oxiridan biz pastga tushishni boshlaymiz», — dedi taniqli teledoktor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring