Yer yuzida koronavirusga chalinganlar soni 16 milliondan oshdi

«Worldometer» portali ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 16 milliondan ortiq kishi koronavirusni yuqtirib oldi.
Toshkent vaqti bilan soat 08:00 holatiga ko‘ra, shu paytgacha Yer yuzida jami 16 200 891 kishi koronavirusga chalindi. Ulardan 648 445 nafari vafot etdi, 9 913 232 kishi tuzaldi.
Kasallanganlar soni bo‘yicha dastlabki uchta o‘rinni AQSh (4,3 million), Braziliya (2,3 million) va Hindiston (1,3 million) egallagan. Tuzalganlar soni bo‘yicha ham ushbu mamlakatlar yetakchilik qilmoqda: 2 million, 1,6 million va 886 ming kishi. Infeksiya qurbonlari eng ko‘p AQShda qayd etilgan — 149,3 ming. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda — Braziliya (86,4 ming), uchinchi o‘rinda — Buyuk Britaniya (45,7 ming).
Lekin Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni hali 16 million kishiga yetmagan. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, 15 996 140 ta COVID-19 holati qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter