Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiroqchidagi qishloqqa borib qolgan ayiqning keyingi taqdiri ma’lum bo‘ldi

Chiroqchidagi qishloqqa borib qolgan ayiqning keyingi taqdiri ma’lum bo‘ldi

Chiroqchi tumanida qishloqlarning biriga borgan yovvoyi ayiq hududdagi maktab binosiga kirishga uringani xabar berilgandi. 

Hozirda ayiq tumanning Yashnabod MFY, Beshchashma hududidan oqib o‘tuvchi Qumdaryo daryosiga yaqin hududdagi jarlikda hosil bo‘lgan g‘or ichiga kirib olgan. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi xabar bermoqda. 

Ushbu hudud Tabiat resurslari vazirligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va tuman hokimligi mutasaddilari, tuman ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari xodimlari tomonidan muhofazaga olinib, aholi va qo‘ng‘ir ayiqning xavfsizligi ta’minlanmoqda.

Mazkur hududga vaziyatni bartaraf etish maqsadida Toshkent hayvonot bog‘i mutaxassislaridan iborat guruh jalb qilingan.

Takidlash, joizki ayiq bilan bog‘liq vaziyatda hech kimga zarar yetmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring