Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiroq muammo bo‘lmaydi! Toshkent viloyatida yangi GES quriladi

Chiroq muammo bo‘lmaydi! Toshkent viloyatida yangi GES quriladi

Foto: «Redpen»

Avval xabar berganimizdek, xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Sessiyada «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining vakili ham qatnashdi. Uning ma’lumot berishicha, videoselektor shaklida o‘tgan sessiyada Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘zga chiqib, mamlakatdagi elektr ta’minotining istiqboli xususida ham ayrim ma’lumotlarni aytib o‘tgan.

Manbaning xabar berishicha, davlat rahbari o‘z ma’ruzasida Toshkent viloyatida yangi gidroelektr stansiyasi qurilishini hamda yaqin besh yilda elektr energiyasining 32 foizini GESlar ta’minlashini, shunda elektr ishlab chiqarish arzonga tushishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga odamlar Toshkent viloyatida «svet» o‘chishi nimaligini bilmasligi, 80 ta transformator jadallik bilan ta’mirlanishi haqida ko‘rsatma bergan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring