Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiqdagi «massaj saloni»ning «niqobi» ochildi

Chirchiqdagi «massaj saloni»ning «niqobi» ochildi

Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati

Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan «zarbdor oyligi» doirasida viloyat IIBB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi va Chirchiq shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan dastlabki surushtiruvlarda «Gulnoza» ismli shaxs (Chirchiq shahrida yashovchi 1979-yilda tug‘ilgan G.M.) Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali «massaj salon» e’loni niqobi ostida fohishalik bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga mijoz topib, qo‘shmachilik bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlangan va tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida G.M. «fohishalikni kasb qilib olgan» 1993-yilda tug‘ilgan U.N. va 1987-yilda tug‘ilgan A.N. larga jinsiy aloqa qilishlari uchun mijoz topib, buning evaziga 350 ming so‘m, fohishalik bilan shug‘ullanuvchi ikki shaxs esa mijozdan 800 ming so‘m miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ushlangan.

Tadbir davomida ushlangan shaxslardan 1 mln 150 ming so‘m miqdoridagi pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida olingan. Hozirda holat yuzasidan qo‘shimcha surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring