Chirchiqdagi avtohalokatda vafot etgan erkakning shaxsi aniqlanmoqda

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida kecha, 25-yanvar kuni soat 19:55 larda 1982-yilda tug‘ilgan, Sh.E. o‘ziga tegishli «Lasetti» rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘ldan o‘tayotgan yoshi taxminan 50-55 larda bo‘lgan shaxsi noma’lum erkak piyodani urib yuborgan.
Oqibatda, piyoda tan jarohati olib, shahar markaziy kasalxonasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Hozirda piyodaning shaxsini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan shahar ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter